Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hayvonot bog‘idagi fil, bug‘u va boshqa o‘txo‘r hayvonlar archaxo‘rlik ziyofatini bir yil kutadi

Hayvonot bog‘idagi fil, bug‘u va boshqa o‘txo‘r hayvonlar archaxo‘rlik ziyofatini bir yil kutadi

foto: @GermanEmbassy

Berlin hayvonot bog‘idagi to‘rt oyoqli «gurmanlar» – fillar va bug‘ular bir yilda bir marta ziyofatga taklif qilinadi: ya’ni sotilmay qolgan archa daraxtlarini to‘ygunicha yeyishadi.

Bu ziyofat an’anaga aylangan: hayvonot bog‘idagi o‘txo‘r hayvonlar mahalliy korxonalar tomonidan sovg‘a qilingan ya’ni sotilmay qolgan daraxtlarni qarsillatib chaynab mazza qilishadi.

 

«Biz archa daraxtlarini juda mazali deb hisoblaymiz, chunki ularni har doim to‘rt oyoqli «gurmanlar» bir necha daqiqadayoq «tinchitib» tashlashadi», – deydi hayvonot bog‘i matbuot kotibi Svenja Ayzenbart.

Hayvonot bog‘i ishlatilgan yangi yil archalarini aholidan qabul qilmaydi, chunki ularda bezak qoldiqlari bo‘lishi mumkin, bu esa hayvon sog‘lig‘i uchun xavfli hisoblanadi. Hayvonlar bunday ziyofatga yilda bir marta taklif qilinadi va ular har doim yanvarni intiqlik bilan kutishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring