Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Afg‘oniston bo‘yicha tahdidli bayonot berdi

Tramp Afg‘oniston bo‘yicha tahdidli bayonot berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonni Bagram aviabazasi nazorati AQShga qaytarilmasa, Kobul salbiy oqibatlarga duch kelishidan ogohlantirdi

“Agar Afg‘oniston Bagram havo bazasini uni qurgan odamlarga – Amerika Qo‘shma Shtatlariga qaytarib bermasa, yomon voqealar yuz beradi”, deb yozdi Tramp Trump Social ijtimoiy media platformasida. 

CNN telekanali xabar berishicha, Tramp “bir necha oydan beri o‘z milliy xavfsizlik xodimlarini havo bazasini qaytarish yo‘lini topishga chaqirib kelgan”. 

Londonga tashrifi chog‘ida Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan qo‘shma matbuot anjumanida Tramp shunday dedi: "Biz uni (bazani) bekorga berdik. Aytgancha, biz uni qaytarib olishga harakat qilyapmiz".

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQShning Afg‘onistondagi Bagram aviabazasini tiklash niyati borligini aytgandi.

Afg‘oniston hech qachon o‘z hududida boshqa davlatlarning, jumladan, Amerikaning harbiy ishtirokiga toqat qilmagan. Bu haqda Afg‘oniston TIV maslahatchisi Zokir Jaloliy gapirdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring