Tramp Bagram aviabazasini tiklamoqchi — Afg‘oniston TIV munosabat bildirdi

Afg‘oniston hech qachon o‘z hududida boshqa davlatlarning, jumladan, Amerikaning harbiy ishtirokiga toqat qilmagan. Bu haqda Afg‘oniston TIV maslahatchisi Zokir Jaloliyning bayonotiga asoslanib Pajhwok xabar berdi.
«Tarixda hech qachon Afg‘oniston xalqi o‘z hududida boshqa davlatlarning harbiy mavjudligiga murosa qilmagan va bu ehtimol Dohadagi (AQSh va ittifoqchilarining qo‘shinlari olib chiqilishi to‘g‘risida) muzokaralar va shartnomani imzolash jarayonida qat’iy rad etildi», — dedi u Donald Trampning so‘zlariga munosabat bildirarkan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQShning Afg‘onistondagi Bagram aviabazasini tiklash niyati borligini aytgandi.
Shunga qaramay, Afg‘oniston hamon AQSh bilan hamkorlik uchun ochiq, biroq bu o‘zaro hurmat va ikki mamlakatning umumiy manfaatlari tamoyillari asosida qurilishi kerak, dedi Jaloliy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter