Tramp – Putin uchrashuvi uchun nega aynan Helsinki tanlandi?

AQShning «Time» jurnali Tramp – Putin uchrashuvini o‘tkazish uchun nega aynan Helsinki tanlanganini tahlil qildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Birinchidan, aynan ushbu shaharda Helsinki bitimi imzolangan. 1975 yili AQSh prezidenti Jerald Ford ushbu shaharda Sovet ittifoqi kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi raisi Leonid Brejnev hamda 33 ta mamlakat yetakchisi bilan sovuq urush davrida uzilgan aloqalarni tiklash maqsadida uchrashgan edi.
Bugun AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar iliq emasligini inobatga olsak, Helsinki ikkala tomon uchun ham juda ma’qul joy ekani ayonlashadi.
Ikkinchidan, «Time» jurnaliga ko‘ra, 1990 yili AQSh prezidenti Jorj Bush va SSSR prezidenti Mixail Gorbachyov ham aynan Helsinkida uchrshgan edi.
Uchinchidan, Finlandiya NATOga a’zo emas. Shu bois uning hududi betaraf hisoblanadi. Shu bois bu yerda Amerika prezidenti bemalol har xil imo-ishoralar qilishi mumkin. Tramp Putin bilan NATO hududidan tashqarida uchrashadi. Bu vaziyatni NATOga a’zo davlatlar rahbarlari tanqid qilishgan edi.
To‘rtinchidan, Tramp shu yil iyul oyida Bryusselda o‘tkaziladigan NATO sammitida qatnashadi. Shundan so‘ng u Buyuk Britaniyaga otlanadi. Mantiqan olib qaralganda ham Tramp aynan Yevropada Putin bilan uchrashishi to‘g‘ri bo‘ladi.
Beshinchi sabab ham mantiqiy. Bu safar Rossiya yetakchisi nuqtai nazaridan. Moskvadan Helsinkigacha samolyotda 2 soatlik yo‘l. Tramp bilan uchrashuvdan bir kun avval, ya’ni 15 iyul kuni Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionati finali bo‘lib o‘tadi. Putin «JCh – 2018» sport bayramining yopilishida qatnashadi hamda Tramp bilan uchrashish uchun Helsinkiga yetib borishga ulguradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter