Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Putinga: «Agar Ukrainadagi urushni tugatsangiz, foydali ish qilgan bo‘lardingiz»

Tramp Putinga: «Agar Ukrainadagi urushni tugatsangiz, foydali ish qilgan bo‘lardingiz»

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya davlat agentliklari Kreml rahbarining yordamchisi Yuriy Ushakovga tayanib xabar berdi.

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, suhbat davomida xalqaro vaziyatga oid qator muhim masalalar muhokama qilingan.

«Bugun kechqurun Rossiya va AQSh prezidentlari o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi. Donald Tramp Vladimir Vladimirovich Putinga qo‘ng‘iroq qilib, xalqaro vaziyatning hozirgi rivojiga bog‘liq bir qator juda muhim masalalarni muhokama qildi», – dedi Ushakov.

Uning aytishicha, asosiy e’tibor Eron atrofidagi vaziyat hamda AQSh ishtirokida olib borilayotgan Ukraina bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarga qaratilgan. Suhbat taxminan bir soat davom etgan.

Avvalroq jurnalistlar savollariga javob bergan Donald Tramp Putin bilan bo‘lgan telefon suhbati haqida qo‘shimcha ma’lumot bergandi.

«Biz Ukraina haqida gaplashdik. U yerdagi vaziyat tugamaydigan urushga o‘xshaydi. Prezident Putin bilan prezident Zelenskiy o‘rtasida juda katta nafrat bor», – dedi Tramp.

AQSh prezidentining aytishicha, suhbatda Yaqin Sharqdagi vaziyat ham muhokama qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin bu masalada yordam berishni xohlayotganini bildirgan.

«Men unga «Agar Ukrainadagi urushni tugatsangiz, ko‘proq foyda keltirgan bo‘lardingiz. Bu ancha foydali bo‘lar edi», dedim. Lekin umuman olganda, bizda juda yaxshi suhbat bo‘ldi», – dedi Tramp.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring