Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Qozog‘iston prezidentiga Oq uyning kalitini sovg‘a qildi

Tramp Qozog‘iston prezidentiga Oq uyning kalitini sovg‘a qildi

«Ruslan Zheldibay» Telegram-kanali

Donald Tramp Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga Oq uyning ramziy kalitini, shuningdek, o‘z dastxati tushirilgan beysbol kepkasini topshirdi. Prezident matbuot kotibi Ruslan Jeldibay o‘z telegram-kanalida ikki davlat rahbarlarining noyabr oyidagi uchrashuvi yakunlarini sharhlarkan, shu ma’lumotni ham keltirdi.

Ta’kidlanishicha, AQSh prezidenti Qozog‘istonning elchisi ishonch yorlig‘ini taqdim etganidan so‘ng, To‘qayevga atalgan sovg‘alarni unga topshirgan.

Tramp To‘qayevga iliq tilaklarini yo‘llagan, uni «xalqaro jarayonlarni chuqur va vazmin tushunadigan ajoyib inson va tajribali davlat arbobi», deya ta’riflagan.

To‘qayev noyabr oyi boshida Vashingtonga amaliy tashrif bilan borgan va Tramp bilan muzokaralar o‘tkazgan, shuningdek, «C5+1» sammitida (Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston plyus AQSh) ishtirok etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring