Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Tramp Şukronalik kuni arafasida ikki kurkani «afv etdi»

Tramp Şukronalik kuni arafasida ikki kurkani «afv etdi»

AQŞ prezidenti Donald Tramp 24-noyabr kuni Şukronalik bayrami oldidan ötkaziladigan anʼanaviy marosimda Freedom («Ozodlik») va Feathers («Patlar») laqabli ikki kurkani «afv etdi».

BBC rus xizmati xabariga köra, har ikki kurka Ğarbiy Virjiniya ştatidagi fermada boqilgan. Ularning nomlari amerikaliklar örtasida ötkazilgan ovoz beriş orqali tanlangan.

«Afv etilgan» kurkalar bayram dasturxoniga tortilmaydi. Marosimdan söng ular Texas A&M universitetiga yuboriladi va u yerda mutaxassislar hamda talabalar parvarişida böladi.

AQŞda prezidentga Şukronalik kuni oldidan kurka sovğa qiliş odati 1947-yilda boşlangan. Öşandan buyon kurka yetiştiruvçilar har yili davlat rahbariga quş taqdim etib keladi.

Kurkani omma oldida rasman «afv etiş» anʼanasini esa 1989-yilda AQŞning öşa paytdagi prezidenti katta Jorj Buş boşlab bergan. Şundan beri prezidentlar har yili bayram arafasida bir yoki ikki kurkani söyilişdan saqlab qolişini ramziy ravişda eʼlon qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring