Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Ukrainaga xitoylik tinchlikparvarlarni jalb qilishni taklif qilgan – FT

Tramp Ukrainaga xitoylik tinchlikparvarlarni jalb qilishni taklif qilgan – FT

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan hafta Oq uyda Yevropa yetakchilari va Ukraina prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 1 300 kilometrga cho‘zilgan front chizig‘i bo‘ylab neytral hududni nazorat qilish uchun xitoylik tinchlikparvarlarni jalb qilish g‘oyasini ilgari surgan.

Bu haqda Financial Times nashri xabar bermoqda.

Biroq Oq uy bunday rejalar mavjudligini inkor etdi. Xitoy hukumati ham bu haqdagi xabarlarni haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

«Ushbu xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Xitoylik tinchlikparvarlar masalasi umuman muhokama qilinmagan», – deydi AQSh ma’muriyatidagi yuqori lavozimli amaldor.

FT nashrining eslatishicha, Kreml xitoylik tinchlikparvarlarni jalb qilish g‘oyasini ilk bor 2022 yil bahorida, Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan ko‘p o‘tmay Moskva va Kiyev o‘rtasidagi Istanbuldagi muzokaralar chog‘ida ilgari surgan edi.

Bu g‘oyaga Yevropa mamlakatlari hamda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy qarshi chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring