Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazir iste’foga chiqdi — «Brexit»ni kim boshqaradi?

Vazir iste’foga chiqdi — «Brexit»ni kim boshqaradi?

Foto: «Hurriyet.com.tr»

Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borish («Brexit»)ga mas’ul vaziri Daniel Devis iste’foga chiqdi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Bu iste’fo bosh vazir Tereza Meyga qattiq zarba bo‘lgani aytilyapti.

Devis Tereza Meyga yozgan iste’fo maktubida: «Ayni paytda olib borilayotgan siyosat Buyuk Britaniyaning YeI savdo sheriklik va bojxona ittifoqidan chiqish ehtimolini kamaytirmoqda», — deyilgan.

Tereza Mey ham, o‘z navbatida, Devisga javob xati yozgan. Mey Devisning iste’foga chiqqanidan qayg‘uda ekanini yashirmagan.

Eslatib o‘tamiz, Devis 2016-yil 23-iyun kuni o‘tkazilgan referendumda angliyaliklar mamlakatlarining Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqishiga rozilik bildirganidan so‘ng «Brexit» vazirligiga tayinlangan edi.

Buyuk Britaniya 2019-yil mart oyida Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqishi kutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring