Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britanlar vegetarian mushuklari uchun jazoga tortilishlari mumkin

Britanlar vegetarian mushuklari uchun jazoga tortilishlari mumkin

Foto: «animalwelfare.ru»

Britaniyalik jonivorlar huquqlarini himoya qiluvchilar mamlakatda mushuklar uchun vegetariancha yemishli konservalar ko‘payayotganidan tashvishda. Bunday yemishlar tarkibida jonivorlar oqsili yo‘q. Uning o‘rniga ishlab chiqaruvchilar protein, jo‘hori, don va sintetik yetishtirilgan aminokislotalar qo‘shishadi.

Qirollikning hayvonlarni himoya qilish jamiyati xodimlari o‘z vatandoshlariga mushuklar yovvoyi jonivorlar va ularga go‘sht o‘ta zarur ekanini eslatib qo‘yishmoqchi. Ularning fikricha, go‘sht tanovul qilmaslik mushuklarning tana vazni va sog‘lig‘iga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu uchun esa Britaniyada hayvonning egasini javobgarlikka tortish mumkin.

Himoyachilarning fikriga ko‘ra, vegetariancha parhez jonivorni qiynoqqa solish sanaladi. Agar itlar bu holatda odatdagidek yashashda davom etsalar, mushuklar bunday yashay olmaydilar, deyiladi tashkilot saytida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring