Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro sud g‘azoliklarning genotsiddan himoyalanish huquqini tan oldi

Xalqaro sud g‘azoliklarning genotsiddan himoyalanish huquqini tan oldi

26-yanvar, juma kuni Haaga Xalqaro sudi Isroilga HAMAS harakatiga qarshi urush olib borishda G‘azo sektorida genotsid harakatlarining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishni buyurdi.

Sudning ta’kidlashicha, Isroil o‘z harbiy kuchlari genotsid sodir etmasligini ta’minlashi va anklavdagi falastinliklar uchun gumanitar vaziyatni yaxshilash choralarini ko‘rishi kerak.

Reuters agentligining ta’kidicha, sud Janubiy Afrika qo‘zg‘atgan ishning mohiyati – G‘azoda genotsid sodir bo‘lgan-bo‘lmagani haqida qaror chiqarmagan. U G‘azodagi falastinliklarning genotsid harakatlaridan himoyalanish huquqini tan olgan.

G‘azo sog‘liqni saqlash idoralariga ko‘ra, Janubiy Afrika Respublikasi ishni Xalqaro Sudga olib borishda Isroilning anklav katta qismini vayron qilgan va 25 mingdan ortiq falastinlikni o‘ldirgan harbiy operatsiyasini zudlik bilan to‘xtatishni so‘ragan. Sud bunga ruxsat bermadi.

Isroil xalqaro huquqni hurmat qilishini va o‘zini himoya qilish huquqiga ega ekanini aytib, suddan ishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rad etishni so‘ragan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring