Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xersonni ruslarga topshirishda ayblangan gubernator o‘z joniga qasd qildi

Xersonni ruslarga topshirishda ayblangan gubernator o‘z joniga qasd qildi

Ukrainaning Xerson viloyatini rus qo‘shinlariga topshirishda ayblangan sobiq gubernator Gennadiy Laguta vafot etdi. 

Strana.ua nashrining yozishicha, Gennadiy Laguta o‘z joniga qasd qilgan. 

Sobiq gubernatorning yaqinlarining ta’kidlashicha, 47 yoshli Laguta so‘nggi paytlarda tez-tez vatanga xiyonatda ayblanayotgandi. O‘z navbatida Xerson viloyati kengashi deputati Sergey Xlanga ko‘ra, harbiy mudofaani tashkil qilish mahalliy gubernatorlar vakolatiga kirmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya bosqinining ilk kunlaridayoq Xerson viloyati bosib olingandi. Keyinroq rus qo‘shinlari Xerson shahrini tashlab chiqib, Dnepr daryosi qirg‘og‘ida mustahkamlanib oldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring