Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy AQShni ortda qoldirib, dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga aylanadi — CEBR

Xitoy AQShni ortda qoldirib, dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga aylanadi — CEBR

Foto: Bank of Finland Bulletin

Xitoy AQShni ortda qoldirib dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga aylanadi, deb yozdi Visual Capitalist Iqtisodiy va biznes tadqiqotlar markazi (CEBR) tadqiqoti — World Economic League Table 2022 ga asoslanib.

2031 yilda jahon iqtisodiyotida kuchlar nisbati jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi. Xitoy AQShdan o‘zib, dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga aylanadi, Hindiston YIM ko‘rsatkichi bo‘yicha 3-o‘ringa ko‘tariladi.

CEBR mutaxassislari 2031 yilda uch yetakchi mamlakat YaIM hajmini quyidagi ko‘rishmoqda:

  1. Xitoy YIM — $37,6 trillion;
  2. AQSh YIM — $35,4 trillion;
  3. Hindiston YIM — $6,8 trillion.

Jahon iqtisodiy markazi Yevropa va Shimoliy Amerikadan Osiyoga allaqachon ko‘chib bo‘lgan, deyiladi hisobotda. Bu global siljish savdodagi to‘siqlar olib tashlanishi, katta iqtisodiy erkinliklar berilishi natijasi bo‘lib, qit’aga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar oqimi kuchaydi.

Dunyoning 5 yirik iqtisodiyotidan uchtasi Osiyo mamlakati bo‘ladi: Xitoy, Hindiston, Yaponiya.

Eng yirik iqtisodiyotlar top-10taligida Yevropaning 4 mamlakati joylashadi: Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya.

Iqtisodiyoti eng yirik mamlakatlar (top-15)

Infografika: CEBR
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring