Xitoyda sobiq amaldor o‘limga hukm qilindi

Xitoyda sobiq yuqori mansabli amaldor o‘limga hukm qilindi. U jami 316 mln yuandan ziyod (taxminan $44 mln) pora olgan.
Lyu Sintay Xaynan muzofoti Xalq yig‘ini doimiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Tergov organlari aniqlashicha, Lyu 2003-yildan 2024-yilga qadar Shandun va Xaynan muzofotlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan paytida tijoriy tuzilmalar va xususiy shaxslarga davlat buyurtmalarini olish, mansabda ko‘tarilish va budjet mablag‘larini ajratishda ko‘maklashib kelgan. Albatta, tekinga emas.
Sudlanuvchi aybiga to‘liq iqror bo‘ldi, tergovga faol yordam ko‘rsatdi va noqonuniy yo‘l bilan orttirilgan mulkni o‘z ixtiyori bilan qaytarib berdi, deb xabar berdi CCTV.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter