Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoylik ayol qamoqqa tushmaslik uchun to‘rt yilda uch farzandni dunyoga keltirdi

Xitoylik ayol qamoqqa tushmaslik uchun to‘rt yilda uch farzandni dunyoga keltirdi

«Kecha, bugun, ertaga» (1963) filmidan kadr.

Xitoylik ayol qamoqqa tushmaslik uchun to‘rt yilda uch farzandni dunyoga keltirdi.

Chen Xun (ismi o‘zgartirilgan) firibgarlikda ayblanib, 2020-yil dekabrida besh yil qamoq jazosi tayinlangan, deb xabar berdi South China Morning Post. Biroq qamashmadi, chunki u homilador edi. Ayol o‘tgan to‘rt yilda uch marta farzandli bo‘ldi.

Xitoyda og‘ir kasallar, homilador va bolasi emizikli yoshdagi ayollar hamda mustaqil yashay olmaydiganlarga jazoni vaqtincha qamoqdan tashqarida o‘tashga ruxsat beriladi.

Nashr yozishicha, Chen yana sudga chaqirilgan.

Mavzuga qiziqqanlar Sofi Loren bosh rolni o‘ynagan «Kecha, bugun, ertaga» (1963) filmini tomosha qilishlari mumkin. Chen Xun bu filmni ko‘rgani va ta’sirlangani aniq, ammo Sofi Lorenga yetishiga picha bor.

Yaqinda «Egrilik sari» serialidan ilhomlangan hindistonlik ikki o‘qituvchi yashirin narkolaboratoriya ochgani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring