Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi bosh vazir sobiq mansabdorlarning «umrbod» imtiyozlarini bekor qildi

Yangi bosh vazir sobiq mansabdorlarning «umrbod» imtiyozlarini bekor qildi

Sebastyan Lekornyu.

Foto: AFP

Fransiyaning yangi tayinlangan bosh vaziri Sebastyan Lekornyu hukumatning sobiq a’zolariga berilgan umrbod imtiyozlar bekor qilinishini ma’lum qildi, deb xabar berdi Brussels Signal.

Hukumatning sobiq a’zolari uchun «umrbod» imtiyozlar 2026-yil 1-yanvardan bekor qilinadi.

«Respublika tahdidga uchrashi mumkin bo‘lgan shaxslarni himoya qilishi shart, ammo ular (sobiq amaldorlar) vaqtinchalik maqom tufayli imtiyozlardan umrbod foydalanishi mumkinligi aqlga sig‘maydi», — dedi yangi bosh vazir.

Fransiya bosh vazirining aniqlik kiritishicha, bunday imtiyozlardan biri politsiya himoyasi bo‘lib, u sobiq bosh vazirlar va ichki ishlar vazirlariga «faqat cheklangan muddatga beriladi va haqiqiy xavfga qarab uzaytirilishi mumkin».

Ma’lumot uchun: Fransiyada hukumatning sobiq a’zolari xizmat avtomobili va haydovchi olish, shuningdek, vakolatlari tugaganidan keyin 10 yil muddatga, lekin 67 yoshiga qadar shaxsiy kotib yollash huquqiga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring