Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yashindek yopirilamiz». Eron yadro olimining o‘limi uchun qasos olmoqchi

«Yashindek yopirilamiz». Eron yadro olimining o‘limi uchun qasos olmoqchi

Foto: «AFP 2020 / IRIB NEWS AGENCY»

Eron mamlakat mudofaa vazirligining innovatsiya va tadqiqotlar tashkiloti rahbari, yadro-fizik Muhsin Faxrizodaning o‘limi uchun qasos olmoqchi.

«Biz shahidning qotillariga yashindek yopirilamiz», — dedi Eron prezidenti maslahatchisi Husayn Dehqon. Uning so‘zlarini «Mehr» agentligi keltirgan.

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Faxrizodaning o‘ldirilishini keskin qoraladi.

Eron bunda Isroilning qo‘li borligini istisno qilmayapti. Tegishli tashkilotlardan bunga e’tibor berishlarini so‘ragan.

Avvalroq Eron mudofaa vazirligi Muhsin Faxrizodaning o‘ldirilganini tasdiqladi. Xabarlarga ko‘ra, unga qurollangan kishilar hujum qilishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring