Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobod hokimi qancha pora bilan qo‘lga tushgani ma’lum bo‘ldi

Yunusobod hokimi qancha pora bilan qo‘lga tushgani ma’lum bo‘ldi

Xabar berganimizdek, Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov pora olish vaqtida qo‘lga olindi.

«Kun.uz» manbasi hokimning qo‘lga olinishiga doir yangi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, B.Abdusamatov investorga joy taqdim etish maqsadida 400 ming AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlangan.

Qayd etilishicha, maxsus tadbir Davlat xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan. Yunusobod tumani hokimi ushbu pullar evaziga investorga yer maydoni taqdim etishni va’da qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring