Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«101» nomli tarixiy roman g‘oyasi qanday tug‘ilgan edi?

«101» nomli tarixiy roman g‘oyasi qanday tug‘ilgan edi?

Konslagerdagi 101 o‘zbekdan qolgan yagona fotosurat.

Foto: «bbc.com»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24 iyuldagi milliy kinosanoatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaroriga ilova qilingan «Yo‘l xaritasi»da 2020-yil fevraliga qadar «101» nomli badiiy film suratga olish haqida ko‘rsatma berilgani haqida xabar bergandik.

Ikkinchi Jahon urushida Gollandiyadagi Amersfoort konslageriga 1941-yili Smolensk yaqinida asirga olingan 101 sovet askari olib kelingan — ularning bari o‘zbekistonlik edi. Ularning 24 nafari 1941-yilning qahraton qishida halok bo‘lgan, qolgan 77 nafarini esa, kuchsizlanib, biror ishga yaramay qolganidan so‘ng, konslager yaqinidagi o‘rmonga olib chiqib, otib tashlashgan... 

«Korzinka.uz» supermarketlar tarmog‘i rahbari, tadbirkor Zafar Hoshimov o‘zining Telegrammdagi kanalida ushbu Vatandoshlarimiz jasorati bu tariqa abadiylashtirishida hissa qo‘sha olganidan juda mamnun va mag‘rur ekanini bildirdi va bu voqeani «beqiyos xushxabar» deb atadi:

«Ushbu kanalimda avval yozgan maqolamda urush yillari Gollandiya o‘rmonlarida joylashgan Amersfort konslagerida 101 vatandoshimizning jasoratlari va qayg‘uli taqdirlari haqida hikoya qilgan edim», deydi tadbirkor.

Gollandiyadagi konslager qurbonlari yodgorligi.
Foto: Zafar Hoshimovning telegramm kanali

«Bu maqolamni Feysbuk sahifamda ham joylagan edim. O‘sha hodisa to‘g‘risida sahifam orqali xabar topgan yozuvchi va kinossenarist Anvar aka Ergashev o‘tgan yili kuzda men bilan uchrashib, bu haqida o‘zimga ma’lum axborotlar va materiallar bilan ulashishimni so‘radi. Men u kishining asarlarini o‘qiganim uchun, kinossenariylari asosida olingan filmlardan xabardor bo‘lganim uchun, bu taklifga xayrixohlik bilan javob berdim.

O‘sha uchrashuvimizdan so‘ng Anvar aka, turmush o‘rtog‘i Yuliya bilan juda katta izlanishlar olib borib, Gollandiyada o‘sha hodisalar guvohlari bilan suhbatlashib, yuzlab, minglab hujjatlarni ko‘tarib, natijada «101» nomli tarixiy roman bitibdi. O‘tgan shanba kuni bizning ofisga kelib, ushbu romanning signal nusxasini menga hadya etdi.

Foto: Zafar Hoshimovning telegramm kanali

Bugun esa yana bir xushxabar keldi. Xabar berilishicha, muhtaram Prezidentimiz ushbu roman asosida badiiy film olinishi haqida qarorga imzo chekibdilar. Qahramon Vatandoshlarimiz jasorati bu tariqa abadiylashtirilishida kamtarin hissa qo‘sha olganimdan juda mamnun va mag‘rurman», deb yozadi Zafar Hoshimov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring