Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15-aprel. «Hillsboro fojiasi», «lotinlashgan» tojik va turkmanlar, da Vinchi va Alla Pugachyova hamda boshqa voqealar

15-aprel. «Hillsboro fojiasi», «lotinlashgan» tojik va turkmanlar, da Vinchi va Alla Pugachyova hamda boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Xalqaro madaniyat kuni
  • Armiya kuni (Bosniya va Gersegovina).
  • Sevgi kuni (Gruziya).
  • Sevishganlar kuni (Qozog‘iston).

Voqea-hodisalar

  • 1450 yil — Forminya bo‘sag‘asidagi jangda fransuz armiyasi ingliz qo‘shinini tor-mor qildi.
  • 1795 yil — Litva Rossiya imperiyasiga qo‘shib olindi.
  • 1856 yil — Kanadaning birinchi «Toronto» parovozi yasaldi.
  • 1891 yil — amerikalik ixtirochi Tomas Edison harakatlanuvchi tasvirni ko‘rsatuvchi kinetoskopni namoyish qildi.
  • 1896 yil — Afinada birinchi zamonaviy olimpiya o‘yinlari yakunlandi.
  • 1924 yil — AQShda dunyodagi birinchi avtomobil yo‘llari xaritasi chiqarildi.
  • 1926 yil — «Amerikan Eyrlaynz» aviakompaniyasi samolyotining ilk parvozi.
  • 1928 yil — Tojikistonda arabcha o‘rniga lotin grafikasiga o‘tish boshlandi.
  • 1929 yil — sobiq SSSRda keksalik bo‘yicha pensiya ta’minoti joriy etildi.
  • 1942 yil — qamaldagi Leningradda tramvay qatnovi tiklandi.
  • 1955 yil — Dez-Plenz shahrida (AQSh, Illinoys shtati) Rey Krok o‘zining birinchi «Makdonalds» restoranini ochdi.
  • 1971 yil — Angliya va Xitoy o‘rtasida 22 yil oldin uzilib qolgan telefon aloqasi qayta tiklandi.
  • 1988 yil — yonilg‘i sifatida vodoroddan foydalanuvchi «Tu-155» samolyoti sinovi boshlandi.
  • 1989 yil — Hillsboro stadionidagi tiqilinch. Sheffild shahrida «Nottingem Forest» va «Liverpul» klublari Angliya kubogi yarimfinalida to‘qnash kelgan bu o‘yinda stadionda yuzaga kelgan tiqilinch 96 nafar «Liverpul» muxlisining o‘limiga sabab bo‘lgan, 766 inson turli darajada jarohatlangan edi.
  • 1993 yil — Turkmaniston prezidenti Saparmurod Niyozov turkman tili kirillchadan lotin yozuviga o‘tishini e’lon qildi.
  • 1998 yil — «Intel» kompaniyasi «Celeron» protsessorlarini ishlab chiqarishni boshladi.
  • 2002 yil — Pusan(Janubiy Koreya)da «Boeing 767» samolyoti halokatga uchradi; 129 kishi halok bo‘ldi.
  • 2010 yil — Qirg‘iziston prezidenti Kurmanbek Bakiyev muxolifatga o‘z vakolatlarini topshirishga rozilik berdi.

Tavallud kunlari

  • 1452 yil — Leonardo da Vinchi, italiyalik rassom, haykaltarosh, me’mor, olim va muhandis.
  • 1642 yil — Sulaymon II, Usmonlilar imperiyasi sultoni.
  • 1646 yil — Kristian V, Daniya va Norvegiya qiroli.
  • 1707 yil — Leonard Eyler, asli shveysariyalik matematik va mexanik.
  • 1910 yil — Migel Naydorf, argentinalik shaxmatchi.
  • 1912 yil — Kim Ir Sen, KXDRning 1949 — 1994-yillardagi rahbari.
  • 1938 yil — Klaudiya Kardinale, italyan aktrisasi.
  • 1949 yil — Alla Pugachyova, taniqli rus xonandasi.
  • 1959 yil — Emma Tompson, ingliz aktrisasi, ikki karra «Oskar» sohibi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring