Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

5-may. Xubilayxon, imperatorning so‘nggi kuni, «Chanel No. 5», Matyoqub Qo‘shjonov tavalludiga 100 yil va boshqa voqealar

5-may. Xubilayxon, imperatorning so‘nggi kuni, «Chanel No. 5», Matyoqub Qo‘shjonov tavalludiga 100 yil va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Xalqaro nogironlar huquqlari uchun kurash kuni.
  • Xalqaro doyalar kuni.
  • Ozodlik kuni (Niderlandiya, Daniya, Efiopiya).
  • Zo‘ravonlik va irqchilikka qarshi kurash kuni (Avstriya).
  • Puebla jangi kuni (Meksika).
  • Matbuot kuni (Belarus).
  • Keksalar kuni (Palau).
  • Bolalar kuni (Janubiy Koreya, Yaponiya).

Voqea-hodisalar

  • 1260-yil — Xubilayxon mo‘g‘ullar imperiyasining hoqoni deb e’lon qilindi.
  • 1762-yil — Peterburg tinchlik shartnomasi imzolandi. Rossiya va Prussiya o‘rtasidagi yetti yillik urush nihoyasiga yetdi.
  • 1788-yil — ispan dengizchisi Esteban Xose Martines Martines Vankuver(hozir Kanadaga qarashli)ni Ispaniya mulki deb e’lon qildi.
  • 1789-yil — qirol Lyudovik XVI 1614 yildan beri birinchi marta General shtatlarni yig‘di. Yig‘ilish davomida murosa ko‘chasi tanlanmagani oqibatida Buyuk fransuz inqilobi boshlanib ketdi.
  • 1816-yil — hersog Karl Avgust Saksen-Veymar-Eyzenax birinchi nemis konstitutsiyasini taqdim etdi.
  • 1821-yil — Napoleon Bonapart Muqaddas Yelena orolida vafot etdi.
  • 1836-yil — Belgiyada kontinental Yevropadagi birinchi temiryo‘l qurildi. Temir izlar Mexelen va Bryusselni bog‘lagan.
  • 1862-yil — Fransiyaning Meksikaga mustamlakachilik yurishi davomidagi Puebla yaqinidagi jangda meksikaliklar armiyasi fransuzlarni tor-mor qildi. Bu g‘alaba sharafiga har yili 5 may mamlakatda bayram qilinadi.
  • 1873-yil — Daniya va Shvetsiya o‘rtasida Skandinaviya valyuta ittifoqi tuzildi.
  • 1891-yil — Nyu-Yorkda «Music Hall» konsert zali ochildi. Ochilish marosimidagi konsertga Pyotr Chaykovskiy dirijyorlik qilgan.
  • 1912-yil — Stokholmda V Olimpiya o‘yinlari ochildi. Keyin an’anaga aylangan tantanali ochilish va yopilish marosimlariga aynan Shvetsiyada asos solingan.
  • 1921-yil — Fransiyada «Chanel No. 5» atiri taqdim etildi.
  • 1936-yil — Piyetro Badolio qo‘mondonligidagi Italiya armiyasi Efiopiya poytaxti Addis-Abebani ishg‘ol qildi.
  • 1942-yil — Ikkinchi jahon urushi: ittifoqchilarning Madagaskarga harbiy hujumi boshlandi.
  • 1945-yil — Ikkinchi jahon urushi: Hollandiyadagi nemis qo‘shinlari taslim bo‘ldi.
  • 1949-yil — Yevropa kengashi nizomi Londonda Belgiya, Daniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya va Shvetsiya tomonidan tasdiqlandi (keyinchalik kengashga Gretsiya, Islandiya va Turkiya kirgan). Kengash markaziy muassasalari yig‘iladigan joy sifatida Strasburg tanlandi. Kengashning markaziy muassasalari — Konsultativ assambleya, Vazirlar qo‘mitasi va Yevropa inson huquqlari bo‘yicha sudi. Yevropa kuni sifatida nishonlanadi.
  • 1951-yil — Buyuk Britaniyada o‘yinlar uchun maxsus chiqarilgan birinchi kompyuter namoyish qilindi.
  • 1954-yil — Paragvayda harbiy to‘ntarish natijasida Alfredo Stressner hukumat tepasiga keldi.
  • 1956-yil — Tokioda dzyudo bo‘yicha birinchi jahon chempionati o‘tkazildi.
  • 1972-yil — Palermo (Sitsiliya) yaqinida «DC-8» samlyoti halokatga uchradi; 115 kishi halok bo‘ldi.
  • 1988-yil — Jomolungma cho‘qqisidan birinchi teletranslyasiya amalga oshirildi.
  • 1999-yil — Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta Shotlandiya parlamenti saylovlari bo‘lib o‘tdi.
  • 2000-yil — «I love you» virusidan birgina Shimoliy Amerikaning o‘zi bir milliard dollar zarar ko‘rdi.

Tavallud kunlari

  • 1811-yil — Jon Dreyper, amerikalik kimyogar, birinchi bo‘lib Oyning fotosuratini tayyorlagan.
  • 1846-yil — Henrik Senkevich, polyak yozuvchisi, Nobel sovrindori.
  • 1911-yil — Qudrat Xo‘jayev, O‘zbekiston xalq artisti.
  • 1916-yil — Mutal Burhonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston davlat madhiyasi musiqasini bastalagan.
  • 1918-yil — Matyoqub Qo‘shjonov, o‘zbek adabiyotshunosi va munaqqidi.
  • 1929-yil — Ibroyim Yusupov, O‘zbekiston xalq shoiri.
  • 1951-yil — Ikrom Otamurod, o‘zbek shoiri.
  • 1980-yil — Yossi Benayun, isroillik futbolchi.
  • 1988-yil — Adel, ingliz xonandasi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring