Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

70 kilogrammgacha yukni manzilga tashiy oladigan robot-kurer Italiya ko‘chalarida sinovdan o‘tkazildi

70 kilogrammgacha yukni manzilga tashiy oladigan robot-kurer Italiya ko‘chalarida sinovdan o‘tkazildi

«YAPE» dron-kureri.

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Italiyaning «e-novia» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ikki g‘ildirakli «YAPE» dron-kureri o‘zining dastlabki test-sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. Qurilma 2018 yilning yanvarida bo‘lib o‘tadigan CES ko‘rgazmasida taqdim etiladi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

«New Atlas» nashrining xabar berishicha, «YAPE» shahar ko‘chalari bo‘ylab avtonom harakatlanishda GPS, videokameralar va uzoq masofaga mo‘ljallangan lazerlardan foydalanadi. Shuningdek, u simsiz ravishda butun shahar bo‘ylab o‘rnatib chiqilgan datchiklarga ulana oladi va turli paramertrlarni, xususan, svetoforlar ishini hamda transportlar oqimini nazorat qiladi.

Foydalanuvchilar mobil dasturlar orqali yerda harakatlanadigan dronlarni chaqirishi mumkin. Qurilma buyurtmachining manziliga yetib borgach, o‘z yukxonasiga 70 kilogrammgacha yukni sig‘dira olishi va u olib borilishi lozim bo‘lgan manzilni o‘z dasturiga kiritib qo‘yishi mumkin.

Shundan so‘ng «YAPE» yo‘lga otlanadi; u bir marta quvvalanish orqali 80 kilometr masofani bosib o‘tishga yordam beruvchi elektromotor va batareya bloklari bilan jihozlangan. Dron, asosan, trotuarlar va velosiped yo‘laklari bo‘ylab soatiga 6-20 kilometr tezlikda harakatlanadi. 

Belgilangan manzilga yetib borgan qurilma «YAPE» tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan odamning yuzini skaner qiladi va o‘sha odam uchungina o‘z yukxonasini ochadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring