Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Akfa Medline»da qo‘riqchi kaltaklandi

«Akfa Medline»da qo‘riqchi kaltaklandi

Foto: Tergov departamenti

2021-yilning 14-mart kuni soat 16:08 larda 45 yoshli Bahodir U. va 51 yoshli Rovshan Q.lar  Olmazor tumanida joylashgan  «Akfa Medline» shifoxonasida o‘zining xizmat vazifasini bajarayotgan qo‘riqchi 27 yoshli A’zam A.ni haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazishgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Bahodir U. va Rovshan Q.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida, Bahodir U. mazkur shifoxonada davolanayotganligi, Rovshan Q. uni ko‘rish maqsadida kelib, shifoxona ichki tartib qoidalariga ko‘ra mumkin bo‘lmasa-da, bemor xonasiga kirishini talab qilib, qo‘riqchiga qarshilik ko‘rsatib, bemor xonasiga kirib, oradan bir soatdan so‘ng Bahodir U. va Rovshan Q. lar tashqariga chiqib, qo‘riqchiga «qo‘lingdan nima keldi» deb mazax qilganliklari tufayli, ushbu janjal kelib chiqqanligi aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring