Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Audi» uchar avtomobil modulini taqdim etdi (foto)

«Audi» uchar avtomobil modulini taqdim etdi (foto)

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

«Audi» kompaniyasi «Airbus» hamda «Italdesting» bilan hamkorlikda kelajak transport vositasi — «Pop.Up Next» gibrid avtomobilini yaratdi. Uning asosida ikki kishiga mo‘ljallangan yo‘lovchilar kabinasi mavjud bo‘lib, g‘ildiraklar ustidagi shassiga yoki 4 vintli uchar modulga ulanishi mumkin, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Avtomobil mutlaq elektrlashtirilgan va yengil bo‘ladi, u parvoz uchun ko‘p energiya sarflamaydi. Kabina ichiga 49 dyuymli yuzni tanishga va ko‘z harakatini kuzatishga mo‘ljallangan ulkan displey joylashadi, uni ovoz yordamida boshqarish mumkin bo‘ladi.

Bu hozircha shunchaki konsept bo‘lib, shu turdagi avtomobillar yaqin 10 yil ichidagina paydo bo‘lishi mumkin. Qurilma shaxsiy transport vositasi yoki taksi ehtiyojini bemalol qondira oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring