Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov profringdagi debyut jangida raqibini nokautga uchratdi

Bahodir Jalolov profringdagi debyut jangida raqibini nokautga uchratdi

Foto: «DiBella Entertainment»

Bugun, 6-may tongida Osiyo chempioni, Jahon chempionati sovrindori Bahodir Jalolov professional boksdagi ilk jangini o‘tkazishi haqida xabar qilgandik.

AQShda «Foxwoods Resort Casino» arenasida o‘tgan jangda Jalolov debyut jangida meksikalik bokschi Ugo Truxiloga qarshi ringga ko‘tarildi. Bo‘y jihatdan sezilarli ustunlikka ega bo‘lgan Jalolov raqibini o‘ziga yaqinlashtirmadi va uzoq masofadan bergan kuchli zarbalari bilan uchinchi raundda nokautga uchratdi.

Shu tarzda, Bahodir profringdagi debyutini muvvaffaqiyatli boshladi. Meksikalik bokschi esa o‘zining ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bungacha u beshta jang o‘tkazib, ularning to‘rttasida g‘alaba qozongan (ikkitasi nokaut) va bitta durang qayd etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring