Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ben Ladenning o‘g‘li Markaziy Osiyoda yashiringan bo‘lishi mumkin

Ben Ladenning o‘g‘li Markaziy Osiyoda yashiringan bo‘lishi mumkin

Foto: «molbuk.ua»

AQSh hukumati «Al-Qoida» terrorchilik tashkilotining liderlaridan biri sifatida ko‘riladigan Hamza bin Ladenning qayerdaligi haqida ma’lumot bergan odamga 1 million dollar mukofot to‘lashini ma’lum qilgandi.

AQSh Davlat departamentining diplomatik xavfsizlik bo‘yicha byurosi rahbari Maykl Evanoff ma’lum qilishicha, Hamza bin Laden Afg‘oniston va Pokiston chegaralarida yoki Eronda yashiringan bo‘lishi mumkin. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«U Afg‘oniston yoki Pokiston chegaralarida bo‘lishi mumkinligini taxmin qilyapmiz. Balki u Erondadir. U Markaziy Osiyo janubidagi istalgan yerda bo‘lishi mumkin», — degan Evanoff.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring