Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bojxonachiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi

Bojxonachiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postining bojxona ko‘rigi va rasmiylashtiruvi guruhi inspektori Sh.M. o‘ziga pora taklif qilgan fuqaroni ushladi. Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati

Xizmat vazifasini bajarish jarayonida bojxona xodimi qo‘shni davlatdan kirib kelayotgan fuqaro Sh.Q. va unga tegishli yuklarni belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazayotganida, ushbu shaxsning bojxona qoidalariga rioya qilmayotganligini aniqlaydi.

Sodda qilib aytganda, amaldagi tartiblarga binoan har oyda faqat 1 marotaba olib kirish nazarda tutilgan bo‘lsa-da, fuqaro Sh.Q. o‘zi bilan 7 dona changyutkichlarni olib kirishga urinayotgan edi.

Shu maqsad yo‘lida u bojxona xodimini o‘zi tomon og‘dirishga urinadi. Ya’ni, mazkur tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib o‘tish evaziga pora taklif qiladi.

Ammo, uning bu rejasi naf bermadi. Bojxona xodimi bu vaziyatda vijdon amriga quloq tutib, o‘z rahbarlarini voqeadan xabardor etadi. Tezkor tadbir davomida fuqaro Sh.Q. xizmat vazifasini bajarayotgan bojxona xodimi Sh.M.ga «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti hududida 100 AQSh dollari berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va hozirda tergov harakatlarini tashkillashtirish uchun prokuraturaga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring