Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018. Braziliya va Shveysariya pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

JCh-2018. Braziliya va Shveysariya pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

JCh-2018 musobaqasi Ye guruhi 3-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Serbiya hamda Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda braziliyaliklar g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Shu tariqa Braziliya uchinchi turda g‘alabaga erishgan holda guruhda birinchi o‘rinni oldi va 1/8 finalda Meksika bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. Serbiya esa turnirdagi ishtirokini yakunladi.

JCh-2018, Ye guruhi, 3-tur

Serbiya – Braziliya 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar: 0:1 – 36 Paulino, 0:2 – 68 Tiago Silva.

Serbiya: Stoykovich, Milenkovich, Kolarov, Rukavina, Velkovich, Milinkovich-Savich, Matich, Kostich (Radonich, 82), Tadich, Lyayich (Jivkovich, 75), Mitrovich (Yovich, 89).

Braziliya: Alisson, Tiago Silva, Marselo (Filipe Luis, 10), Fagner, Miranda, Paulino (Fernandino, 66), Kazemiro, Koutino (Renato Augusto, 80), Villian, Neymar, Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar: Lyayich (33), Matich (48), Mitrovich (70).

Shuningdek, Shveysariya hamda Kosta-Rika terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘yinda durang natija qayd etildi. Endi Shveysariya guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan holda 1/8 finalga yo‘l oldi va Shvetsiya bilan o‘ynaydi.

JCh-2018, Ye guruhi, 3-tur

Shveysariya – Kosta-Rika 2:2 (1:0, 1:2)

Gollar: 1:0 – 31 Djemaili, 1:1 – 56 Uoston, 2:1 – 88 Drmich, 2:2 – 90, avtogol Zommer.

Shveysariya: Zommer, Sher, Rodriges, Lixtshtayner, Akanji, Shakiri (Lang, 81), Jaka, Baxrami (Zakariya, 60), Djemaili, Gavranovich (Drmich, 69), Embolo.

Kosta-Rika: Navas, Gonsales, Uoston, Ovedo, Akosta, Ruis, Borxes, Kempbell, Gusman (Asofeyfa, 90), Gamboa (Smit, 90), Kolindres (Uolles, 81).

Ogohlantirishlar: Gamboa (11), Kempbell (29), Lixtshtayner (37), Zakariya (75), Sher (83), Uoston (89).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring