Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yer ajratishda kadastr xodimi 30 mln. so‘m, hokim o‘rinbosari 100 dollar bilan ushlandi

Yer ajratishda kadastr xodimi 30 mln. so‘m, hokim o‘rinbosari 100 dollar bilan ushlandi

Departamentning Boysun tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fuqarolar J.S va X.P.larning murojaati yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman kadastr bo‘limi mutaxassisi S.A., fuqaro J.S.dan, uning qarindoshi X.P.ning nomiga 0,30 ga lalmi yer uchastkasi ajratib berish evaziga 30 mln. so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbir davomida S.A. yer ajratish bo‘yicha hujjatlarni tuman hokimiga imzolatishi uchun hokimning o‘rinbosari M.Sh.ga 100 AQSh dollari berishi kerakligini, qilmishidan pushaymonligini bildirib, mazkur jinoyatni fosh etishda faol ishtirok etishini ma’lum qilgan.

Shunga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, Boysun tuman hokimining o‘rinbosari M.Sh., tuman kadastr bo‘limi mutaxassisi S.A.dan 100 AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring