Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqanddagi firibgarlar, 8-martdagi qotillik, bokschilarimizning sensatsion g‘alabalari, propiska masalasi, Putinning superraketasi, kichik muammoning katta tashvishlari va boshqa xabarlar

Samarqanddagi firibgarlar, 8-martdagi qotillik, bokschilarimizning sensatsion g‘alabalari, propiska masalasi, Putinning superraketasi, kichik muammoning katta tashvishlari va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 11-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi qirg‘iz tiliga tarjima qilindi

Kitob taqdimoti 2018-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan «Qirg‘iziston-O‘zbekiston hamkorligi rivojlanishining yangi ufqlari» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya doirasida bo‘lib o‘tdi.

«Bu — tarix. Bu — yangi tarix» — Shavkat Mirziyoyev (video)

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifiga bag‘ishlangan videlavha tayyorladi. Unda davlatimiz rahbarining qo‘shni mamlakatga tashrifi tafsilotlari aks etgan.

Infografika

Messi-600: kimga qancha gol urgan? (infografika)

Messining 600 ta goli qaysi jamoalarga va nechtadan urilgan? Buni quyidagi infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

Iqtisodiyot

Toshkentga Taxtako‘pirda yetishtirilgan go‘sht mahsulotlari yetkazib beriladi

Toshkent shahar hokimligiga Taxtako‘pir tumanida yetishtirilgan go‘sht mahsulotlarini xarid qilib olish, saqlash va tizimli ravishda Toshkent shahri aholisiga yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan, zamonaviy qushxona va muzlatgichga ega bo‘lgan tashkilot tashkil etish bo‘yicha tegishli taklif kiritish vazifasi yuklanmoqda.

Jamiyat

Ichki ishlar vaziri sayyor qabullarda 3 mingdan ortiq murojaatni hal etgan

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Muhabbat Nasrullayeva esa sayyor qabulda qizi M. Boboyorova oliy o‘quv yurtiga to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga kirgani munosabati bilan unga bankdan 4 yil muddatga ta’lim krediti olishga yordam berishni so‘ragan. Ushbu murojaat ijobiy hal qilingan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining muzeyi uchun ashyolar qabul qilinadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning zabardast olim, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining muzeyini tashkil qilish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasidan kelib chiqqan holda olimning hayoti va ilmiy faoliyatiga oid materiallar qabul qilinadi.

Ogohlantirilmagan bo‘lsangiz, jarima to‘lamaysiz

Gaz o‘lchagichni (schetchik) muddati tugaganiga 2 oy bo‘libdi, meni ogohlantirishmagan. Endi 600 ming so‘m jarima to‘laysiz deyishyapti. Muddat tugaganligi haqida ogohlantirilishim kerakmasmi?

YTHda halok bo‘lgan andijonliklarning jasadlari olib kelindi

2018-yilning 5-mart kuni Qozog‘iston Respublikasining Oqto‘ba viloyatida sodir bo‘lgan YTH natijasida 2 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (Andijon viloyatida tug‘ilgan) vafot etgan edi.

Fotogalereya. G‘alaba – Amuzang – Xushadi temir yo‘l tarmog‘i ochilishi

E’tiborli jihati, ikki mamlakat ravnaqi uchun xizmat qiluvchi tarixiy jarayon maxsus tashkil etilgan teleko‘prik orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi.

Sug‘d viloyati hokimi Samarqand viloyati hokimiga qimmatbaho sovg‘a yubordi

7 mart kuni Samarqand shahrida ikki xalqning buyuk vakillari — Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyga yodgorlik o‘rnatildi. Shu kuni «Jartepa» o‘tkazish punktida O‘zbekiston Prezidentining Tojikiston Sug‘d viloyatiga sovg‘asi — Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan avtobus topshirildi.

Toshkent shahar IIBB poytaxtda avtomobillarning eng yuqori tezligini pasaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda

Xalqaro tajribani o‘rganganimizda shu ma’lum bo‘ldiki, Yevropaning 29 davlatida maksimal tezlik 50 km/soatni, Londonda 48 km/soatni, MDH davlatlari, xususan Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Armaniston va Ozarboyjonda 60 km/soatni tashkil qiladi.

Hodisa

18 yoshli kelinchak 8-mart kuni erini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida joriy yil 8-mart kuni qotillik yuz berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qilgan.

Videokameralar 200 dan ortiq jinoyatni fosh qildi

Poytaxt ko‘chalari, mahallalarida o‘rnatilgan 140 mingdan ortiq videokamera jinoyatlarni fosh etishda qo‘l kelmoqda. 200 dan ortiq jinoyatni sodir etganlar shu usulda aniqlandi.

Toshkentda bir yigit «Qichqiriq» kanaliga tushib ketdi (foto)

Xabarda aytilishicha, leytenant J.Abdulboqiyev o‘ylab o‘tirmasdan suvga tushib, cho‘kayotgan shaxsni qutqaradi va uni sohilga olib chiqadi.

Toshkentda kuchli shamol tufayli daraxt mashinani bosib qoldi (foto)

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv xizmatiga fuqaro M.Ibragimova tomonidan Toshkent shahar, Uchtepa tumani, «Bog‘iston» mahallasida daraxt qulab tushib, 2 ta yengil avtomashinani bosib qolgani, shuningdek, gaz quvuriga shikast yetkazgani bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

Madaniyat

Rossiyalik mashhur teleboshlovchi Leonid Yakubovich Buxoroga keldi

9-10-mart kunlari Buxoroga «Rossiya yahudiylari kongressi» xayriya jamg‘armasi prezidenti Yuriy Kanner va rossiyalik taniqli teleboshlovchi Leonid Yakubovich rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Huquq

Urush qatnashchilariga Toshkent shahridan uy va propiska beriladimi?

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali Toshkent shahri va viloyatida propiska qilish bo‘yicha fuqarolarni qiynab kelayotgan ayrim savollar yuzasidan Ichki ishlar vazirligiga xat bilan murojaat qilgan edi.

Texnologiya

Mobil internet tezligini yorug‘lik tezligiga tenglashtirishmoqchi

«Google» korporatsiyasi AMP-texnologiyalarini takomillashtirish yo‘li orqali mobil internet tezligini oshirmoqchi.

Sport

Urugvay futbol assotsiatsiyasi O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishini tasdiqladi

Shu paytga qadar Urugvay va O‘zbekistonning milliy terma jamoalari o‘zaro o‘yin o‘tkazishmagan. Bu uchrashuv ikki milliy terma jamoa tarixidagi birinchi o‘yin bo‘ladi.

Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev raqibini qay tarzda taslim etdi? (video)

Nyu-Yorkdagi «Kings Theater» arenasida tashkil etilgan to‘qnashuvda Shahram argentinalik Nikolas Velaskesni 15-soniyasidayoq texnik nokautga uchratdi.

Samarqandda futbol firibgarlari ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ma’lumotlarga ko‘ra ayni paytda Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan Samarqand viloyat mini-futbol assotsiatsiyasi qoshidagi «Nafis» mini-futbol klubi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbattan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Dunyo

Dunyoning eng saxiy kishilari

Diqqatga sazovor jihati shuki, saxovatli eng boy kishilar va oilalar ro‘yxatida texnologiya sohasi vakillari anchagina nufuzga ega. 2017-yili qilingan xayriyalarning 60 foizi yoki 8,7 mlrd. dollar ana shu kishilarning qo‘li ochiqligi sharofatidan.

Putin konstitutsiyani o‘zgartiradimi? (video)

Unga berilgan savol esa prezident lavozimida ishlash limitining o‘zgartirilishi haqida edi. Intervyu mart oyining boshida bo‘lib o‘tgan. Uning to‘liq versiyasi 9-mart kuni efirga uzatildi.

Makron Hindistonga tashrif buyurdi

O‘z rafiqasi bilan Dehliga kelgan Makron «Breksit»dan foydalanib, rasmiy Londonning o‘rnini egallagan holda, Hindiston va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlarda asosiy vositachiga aylanish niyatini yashirmagan.

Putinning chiqishidan so‘ng shov-shuv bo‘lgan gipertovush tezligidagi raketa sinovdan o‘tkazildi (video)

Rossiyaning nishonga aniq zarba beruvchi yangi quroli — «Xanjar» gipertovush reketasi sinovdan o‘tkazildi.

Tavsiya qilamiz

Ortganini nima qilay yoki sumalakni rostdan ham shunchalik yaxshi ko‘ramizmi?

Albatta, bu so‘zlarim bilan qadriyatlarimizga shubha bilan qaramoqchi, bahoriy go‘zal bayramimizning qadrli taomini kamsitmoqchi emasman. Lekin har bir holatda ham me’yor bo‘lishi kerak. Ishxonada sumalak, «dom»ning tagida sumalak, qarindosh-urug‘lar yig‘ilib pishirgan sumalak... Shartmi shu? Bir qozon sumalak butun mahallaga yetadi-ku axir.

Kichik muammoning katta tashvishlari

Kuni kecha Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini  muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi boshqaruvi va «Nuroniy» jamg‘armasining to‘ylar, oilaviy tantanalar va boshqa marosimlarni ortiqcha sarf-xarajatsiz va dabdabasiz o‘tkazish bo‘yicha mamlakatimiz xalqiga murojaati qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring