Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada yana ofat. Bu safar vulqon otildi

Indoneziyada yana ofat. Bu safar vulqon otildi

Foto: «Volcanodiscovery.com»

Indoneziyaning Sulavesi oroli shimolida Soputan vulqoni otildi.

Mamlakat energetika va mineral resurslari vazirligi qoshidagi geologik agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, vulqon dengiz sathidan 4,8 km balandlikka kul otgan.

Indoneziya hukumati mahalliy aholini uylarida qolishga va vulqonga yaqinlashmaslikka chaqirgan. Bundan tashqari, tog‘ ko‘chkisi sodir bo‘lishi ehtimoli ham mavjud, deb xabar beradi Antara agentligi.

Talofotlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring