Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jangga bir kun qolganda Elnur Abduraimovning raqibi o‘zgardi

Jangga bir kun qolganda Elnur Abduraimovning raqibi o‘zgardi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Elnur Abduraimov ertaga, 19-oktyabr kuni tongda AQShda professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

Hamyurtimizga mazkur jangda amerikalik Xose Salinas raqiblik qilishi lozim edi. Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Salinas bu jangda ishtirok eta olmaydi. Abduraimovga ertangi jangda boshqa bir amerikalik charm qo‘lqop ustasi Jovanni Gonsales raqiblik qiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Gonsales prof ringda 7 ta jang o‘tkazib, ularning 5 tasida g‘alaba qozongan. Ikkita jangda mag‘lubiyatga uchragan. Elnur esa bir necha kun oldin prof ringdagi debyutini nishonlagan va o‘sha jangda amerikalik Aron Xollinsni nokautga uchratgandi.

Eslatib o‘tamiz, jangga AQShning Kaliforniya shtati Indio shahridagi «Fantasy Springs Casino» arenasi mezbonlik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring