Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Yunayted» O‘zbekistonga keladi

«Manchester Yunayted» O‘zbekistonga keladi

Foto: «Sports.ru»

1979-yil 11-avgust kuni Toshkentning «Paxtakor» klubi aviahalokatga uchrab, o‘zbek xalqi o‘zining jonajon futbolchilaridan ayrilgan. Afsuski, bu futbol tarixidagi yagona aviahalokat emas.

O‘FA xabariga ko‘ra, bunday fojealar boshqa jamoalar bilan ham ro‘y bergan. Quyida aviahalokatga uchragan futbol jamoalari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

4-may 1949-yil —«Torino» (Italiya)
6-fevral 1958-yil — «Manchester Yunayted» (Angliya)
16-iyul 1960-yil — Daniya terma jamoasi
3-aprel 1961-yil — «Grin Kross» (Chili)
26-sentyabr 1969-yil — «Strongest» (Boliviya)
31-dekabr 1970-yil — «Eyr-Likvid» (Jazoir)
11-avgust 1979-yil — «Paxtakor» (O‘zbekiston)
8-dekabr 1987-yil — «Alyansa Lima» (Peru)
7-iyun 1989-yil — Gollandiya futbolchilari
27-aprel 1993-yil — Zambiya terma jamoasi
28-noyabr 2016-yil — «Shapekoense» (Braziliya)

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston futbol аssotsiatsiyasi aviahalokatga uchragan futbol jamoalari xotirasini yod etish maqsadida Xalqaro xotira turnirini tashkil etish g‘oyasini ilgari surgan.

Foto: O‘FA Matbuot xizmati

O‘FA «Manchester Yunayted»ning rossiyalik sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskisga qarashli «Xalqaro xayriya fondi» bilan hamkorlikda shu yilning iyul-avgust oylarida O‘zbekistonda Xotira turnirini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Mazkur musobaqaga aviahalokatga uchragan barcha jamoalar vakillari taklif etiladi va butun O‘zbekiston bo‘ylab ular bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkaziladi. Mazkur Xotira turniridan xayriya maqsadi ham ko‘zlangan bo‘lib, uchrashuvlardan tushgan mablag‘lar aviahalokatga uchragan futbolchilar oila a’zolariga taqdim qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring