Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maqsud Jonixonov «Jamiyat» gazetasi bosh muharriri bo‘ldi

Maqsud Jonixonov «Jamiyat» gazetasi bosh muharriri bo‘ldi

Foto: «Xalq so‘zi»

"Xalq so‘zi" gazetasi bo‘lim muharriri lavozimida ishlab kelayotgan Maqsud O‘roqovich Jonixonov "Jamiyat" ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri lavozimiga tayinlandi.

M.Jonixonov mamlakatimizning yetakchi jurnalistlaridan biri. U faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarga erishgan. Xususan, 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh jurnalistlarni rag‘batlantiruvchi maxsus mukofoti sohibi bo‘lgan.

Shuningdek, "Oltin qalam" xalqaro mukofoti sohibi (Matbuot yo‘nalishida 1-o‘rin, 2009-yil); Yilning eng faol jurnalisti (2006-yil); "Shuhrat" medali sohibi (2013-yil) hamdir. Xalq ta’limi a’lochisi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring