Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada boshlandi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada boshlandi

Foto: Xalq ta’limi matbuot xizmati

Shu yilning 19-23-iyun kunlari Samarqandda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika va astronomiya fanlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli xalqaro tanlovda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan vakillar ishtirok etmoqda.

Ilk bor tashkil etilayotgan xalqaro olimpiadada ushbu mamlakatlardan 45 nafar iste’dodli o‘quvchi fizika va astronomiya fanlari bo‘yicha bilimini sinovdan o‘tkazadi.

Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, bugun Samarqand davlat universitetida xalqaro olimpiadaning 1-bosqichi boshlandi. Bunda ishtirokchilarga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha fizika va astronomiya fanlaridan 3 tadan nazariy savol beriladi. Qatnashchilar 4 soat vaqt ichida o‘zlariga berilgan topshiriqlarni bajarishlari kerak.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiadaning ikkinchi eksperimental bosqichi ertaga bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring