Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi xalqaro olimpiada g‘oliblari aniqlandi

Samarqanddagi xalqaro olimpiada g‘oliblari aniqlandi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Shu yilning 19-23-iyun kunlari Samarqandda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika va astronomiya fanlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro tanlovda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan vakillar ishtirok etdi. Ilk bor tashkil etilgan xalqaro olimpiadada ushbu mamlakatlardan 45 nafar iste’dodli o‘quvchi fizika va astronomiya fanlari bo‘yicha bilimini sinovdan o‘tkazdi.

Bugun, 24-iyun kuni xalqaro olimpiada g‘olib va sovrindorlari aniqlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Astronomiya fanidan qirg‘izistonlik Anarbekov Iriskeldi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qozog‘iston vakili Amankul Janibek kumush medalga, hamyurtimiz Bozorqulov Do‘stmamat va yana bir qozog‘istonlik o‘quvchi Kenes Yerjan bronza medalga sazovor bo‘lishdi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Fizika fanidan O‘zbekiston jamoasi a’zosi Umidjon Hafizov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tinichbekov Temur (Qirg‘iziston), Amangeldi Islam (Qozog‘iston) va o‘zbekistonlik Hasanov Otabek va Nosirov Abdurahmonlar kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Turkmanistonlik Xodjamurodov Meylis, qozog‘istonlik Telman Yerasil, Namugambetova Madina, qirg‘izistonlik Sidiqov Ernazar hamda hamyurtlarimiz Roziqov Soliboy, Halimov Bobur bronza medaliga munosib deb topildi. G‘oliblar tashkiliy qo‘mita tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada har ikki yilda an’anaviy tarzda Samarqandda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olipiadaning fizika fani bo‘yicha yakuniy natijalari

F.I.O

Davlat

1-tur

2-tur

Yakuniy natija

O‘rni

1

Xafizov Umidjon

O‘zbekiston II

23.5

13.6

37.1

oltin medal

2

Xasanov Otabek

O‘zbekiston II

25.4

9

34.4

kumush medal

3

Tinichbekov Timur

Kirg‘iziston

20.6

12.4

33

kumush medal

4

Amangeldi Islam

Qozog‘iston I

23.3

9.4

32.7

kumush medal

5

Nosirov Abdurahmon

O‘zbekiston

19.8

11.1

29.7

bronza medal

6

Telman Yerasip

Qozog‘iston I

18.6

11.1

25.9

bronza medal

7

Razzoqov Soliboy

O‘zbekiston I

14.1

11.8

25.9

bronza medal

8

Xalimov Bobur

O‘zbekiston I

16

9.8

25.8

bronza medal

9

Xojamuradov Meylis

Turkmaniston

19.4

6.4

25.8

bronza medal

10

Sidikov Ernazar

Kirg‘iziston I

12.2

11.6

23.8

 bronza medal

11

Naumagambetova Madina

Qozog‘iston II

13.6

8.9

22.5

bronza medal

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olipiadaning astronomiya fani bo‘yicha yakuniy natijalari

F.I.O

Davlat

1-tur

2-tur

Yakuniy natija

O‘rni

1

Anarbekov Iriskeldi

Kirg‘iziston

24

27

51

oltin
medal

2

Amankul
Janibek

Qozog‘iston II

27

18

45

kumush
medal

3

Bozorqulov Do‘stmamat

O‘zbekiston II

19

19

38

bronza medal

4

Kenes Yerjan

Qozog‘iston II

16.5

17.5

34

bronza medal

 

 

 

 

 

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring