Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mixail Gorbachev Indoneziya parlamentiga o‘z nomzodini qo‘ydi

Mixail Gorbachev Indoneziya parlamentiga o‘z nomzodini qo‘ydi

Foto: «Reuters»

Indoneziya parlamentiga deputat bo‘lish uchun Mixail Gorbachev ismli siyosatchi o‘z nomzodini qo‘ydi. Bu haqida Rossiyadagi RIA Novosti nashri xabar berib o‘tdi.

Gorbachev parlament a’zosi bo‘lgan taqdirda mamlakatda siyosiy islohotlar o‘tkazishga harakat qilishini bildirgan. «Asosiy uchta muammo — korrupsiya, toqatsizlik va atrof-muhit», — deydi u.

Indoneziyada bugun, 17 aprelda prezidentlik hamda parlamentning ikki palatasiga saylov bo‘lib o‘tmoqda. Saylovda 193 million fuqaro ishtirok etishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring