Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘rtahol oilalar uchun kelajak qishlog‘i quriladi

O‘rtahol oilalar uchun kelajak qishlog‘i quriladi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Eyndxoven texnika universiteti olimlari tijoriy kompaniyalar ko‘magida kelajak turar joy komplekslarini qurishni boshlaydi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

«Project Milestone» nomli kompleks beshta binodan iborat bo‘ladi. Eskizlardan ko‘rish mumkinki, ularning tashqi ko‘rinishi ulkan toshlarni eslatadi. Birinchi bino bir qavatli va yog‘och tomli bo‘ladi. Uning maydoni 95 kvadrat metr bo‘lib, ichida 2 ta yotoqxona, mehmonxona, oshxona va yuvinish xonasi joylashadi. Qolgan uylar ikki va uch qavatli bo‘lib, to‘liq betondan quriladi.

Mazkur uylar 3D-printer yordamida quriladi. «Project Milestone» yaratuvchilarining so‘zlariga qaraganda, 3D-printer orqali betonlarni bosib chiqarish xomashyoni tejashga va uni turli dizaynerlik shakllarida yaratishga xizmat qiladi. Shundan so‘ng, ulkan printerlar uyning karkasini ham bosib chiqaradi, odamlar esa ularning barchasini bir joyga yig‘adi.

Hozirda «Project Milestone» uylarining narxi noma’lum. Loyiha mualliflarining so‘zlariga qaraganda, kompleks o‘rtahol oilalar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring