Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasida rahbar almashtirildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasida rahbar almashtirildi

Foto: «Gazeta.uz»

O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi rahbari Ulug‘bek Ro‘ziqulov o‘z vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga Baxtiyor Hakimov tayinlangan. Bu haqda «Gazeta.uz» o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Baxtiyor Hakimov shu paytga qadar Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ulug‘bek Ro‘zuqulov 1969-yilda tug‘ilgan. U M. V. Lomonosov nomidagi Moskova davlat universitetini tamomlagan. U MAKni o‘tgan yilning avgust oyidan beri boshqarib kelayotgan edi.

U kompaniya rahbari bo‘lgunga qadar «O‘zavtosanoat» kompaniyasi raisi bo‘lib ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring