Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston startaplari xalqaro final sari yo‘l olmoqda

O‘zbekiston startaplari xalqaro final sari yo‘l olmoqda

“ICT WEEK Uzbekistan 2026” xalqaro axborot texnologiyalari haftaligi doirasida “Startup World Cup 2026” xalqaro startap tanlovining O‘zbekiston mintaqaviy finaliga start berildi.

Final bosqichida saralab olingan 15 ta texnologik startap o‘z loyihalarini investorlar va xalqaro ekspertlar oldida taqdim etib, San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan global finalga yo‘llanma uchun bellashmoqda.

Ishtirokchilar o‘z mahsulotlari, biznes modellari, bozor salohiyati va rivojlanish strategiyalari haqida taqdimot qilmoqda. Tanlov doirasida sun’iy intellekt, fintex, SaaS, DeepTech, iste’molchilarga mo‘ljallangan texnologiyalar va boshqa innovatsion yo‘nalishlardagi loyihalar namoyish etilmoqda.

Mazkur tanlov mahalliy startaplar uchun xalqaro investorlar va ekspertlar bilan bevosita muloqot qilish, loyihalarini global auditoriyaga taqdim etish hamda xalqaro startap ekotizimiga chiqish imkonini yaratmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring