Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda «Digital CASA» loyihasini «Elektron hukumat» markazi muvofiqlashtiradi

O‘zbekistonda «Digital CASA» loyihasini «Elektron hukumat» markazi muvofiqlashtiradi

Foto: «Digital Report»

Jahon bankining maxsus vakillari guruhi yurtimizga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik. Mazkur delegatsiya mamlakatimizda «Raqamli Markaziy Osiyo — Janubiy Osiyo» (Digital CASA) loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tashrif buyurgan. Jahon banki vakillari O‘zbekistondagi raqamli rivojlanish holati va natijalar xususida ham muzokaralar olib borishmoqda.

2018-yilning 6-fevral kuni «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar «Raqamli Markaziy Osiyo — Janubiy Osiyo» loyihasining asosiy tarkibiy qismlari, jumladan, raqamli infratuzilma, raqamli platformalar va xizmatlar, mamlakatning barcha mintaqalarida AKT infratuzilmasini hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

O‘zbekiston tomonidan loyihani bevosita muvofiqlashtirishni «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi o‘z zimmasiga oldi.

Ekspertlar loyiha konsepsiyasini yanada rivojlantirish uchun uning tarkibini va ish rejasini muhokama qildilar.

Loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish masalalarini batafsilroq muhokama qilish, shuningdek, 2018—2021-yillarda elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqish uchun materiallar taqdim etish maqsadida kelgusida yana yig‘ilish o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring