Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik sportchi Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchi Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Foto: «olympic.uz»

Vengriyada parakanoe bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi. Oltmishdan ziyod mamlakat vakillari ishtirok etgan bahslarda o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli qatnashdilar. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayollar o‘rtasida KL-3 yo‘nalishida o‘tkazilgan final bosqich bellashuvlarida Shaxnoza Mirzayeva barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shu yo‘nalishning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida esa Hayitmurod Sherqo‘ziyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Avvalroq, Azizbek Abduhabibov KL-2 yo‘nalishida bronza medali sohibiga aylangan edi. Shu tariqa, O‘zbekiston parakanoe terma jamoasi Jahon kubogidan uchta medal, oltin, kumush va bronza bilan qaytadigan bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring