Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Roma» yana bir mo‘’jiza ko‘rsatishiga bir bahya qoldi (video)

«Roma» yana bir mo‘’jiza ko‘rsatishiga bir bahya qoldi (video)

Foto: «BBC Sport»

«Roma» va «Liverpul» o‘rtasidagi Yevropa chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida 4:2 hisobi qayd etilib, rimliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Maydon egalari o‘yinni faolroq boshlagan bo‘lsalar-da, «Liverpul» o‘zining dastlabki jiddiy qarshi hujuminiyoq gol bilan yakunladi. Birinchi bo‘lim ingliz klubi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Biroq ikkinchi bo‘limda Klopp shogirdlari asta-sekin e’tiborni ko‘proq himoyaga qaratib, to‘pni «Roma»ga berdilar va 52-daqiqaga kelib Jeko hisobni tenglashtirdi.

Maydon egalari so‘nggi daqiqalarda bosimni oshirishdi va Nainggolanning dubli evaziga umumiy farqni bitta to‘pgacha qisqartirishga muvaffaq bo‘ldilar, ammo yana bir mo‘’jizani amalga oshirish uchun vaqt kamlik qildi.

Shu tariqa, «Liverpul» safarda «Roma»ga yutqazdi, ammo finalga chiqdi. Endi 26-may kuni Kiyevda «Real» Madrid va «Liverpul» ishtirokida final uchrashuviga guvoh bo‘lamiz.

Chempionlar ligasi, yarim final, javob uchrashuvi

«Roma» Italiya – «Liverpul» Angliya 4:2 (1:2, 3:0)

Gollar: 0:1 – 9 Mane, 1:1 – 15, avtogol Milner, 1:2 – 25 Veynaldum, 2:2 – 52 Jeko, 3:2 – 86 Nainggolan, 4:2 – 90, penalti Nainggolan.

«Roma»: Alisson, Fasio, Manolas, Kolarov, Pellegrini (Under, 53), Florensi, Nainggolan, de Rossi (Gonalon, 69), Ash-Sha’ravi (Antonuchchi, 75), Shik, Jeko.

«Liverpul»: Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold (Klayn, 90), van Deyk, Firmino (Solanke, 87), Veynaldum, Saloh, Milner, Mane (Klavan, 83), Xenderson.

Ogohlantirishlar: Lovren (44), Florensi (77), Manolas (84), Robertson (84), Solanke (90).

Dastlabki uchrashuv: 2:5

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring