Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Samsung» internetga kira olmaydigan smartfonni sotuvga chiqardi

«Samsung» internetga kira olmaydigan smartfonni sotuvga chiqardi

Foto: «ITC.ua»

«Samsung» kompaniyasi Xitoyda internetga ulana olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan smartfonini taqdim etdi, deb xabar beradi «ITC.ua».

Boshqa har qanday smartfondagi kabi u orqali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, SMS yuborish va hatto kamera yordamida suratga olish ham mumkin, biroq uning asosiy fuksiyasi mavjud emas. Ya’ni qurilmada 3G, 4G modullari, hattoki Wi-Fi ham yo‘q.

Avvallari ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining hamyonbop qurilmalarini reklama qilishda «internet uchun yaratilgan» deya ta’riflagan bo‘lsa, «Samsung» yangi modelini «sizni chalg‘itmaydi» deya atamoqda. Ishlab chiqaruvchi mazkur qurilmani talabalar va katta yoshdagi insonlar uchun mo‘ljallab chiqargan.

Xitoy uchun yaratilgan «Samsung Galaxy J2 Pro» Vetnam uchun ishlab chiqarilgan modelidan deyarli farq qilmaydi. Faqatgina uning tezkor xotirasi 1,5 gigabaytdan 1 gigabaytga qadar kichraytirilgan.

Internetga kira olmaydigan «Galaxy J2 Pro»ning narxi 185 dollarni tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring