Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samsung» yutqazdi. Endi «Apple»ga 539 million dollar jarima to‘lashi lozim

«Samsung» yutqazdi. Endi «Apple»ga 539 million dollar jarima to‘lashi lozim

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Kaliforniya sudi «Samsung» kompaniyasi zimmasiga patent qoidalarini buzganligi uchun «Apple» korporatsiyasi hisobiga 539 million dollar to‘lash majburiyatini qo‘ydi. Bu haqda «Hi-tech.mail.ru» xabar berdi.

Sudda Janubiy Koreya kompaniyasi smartfon dizayniga bog‘liq uchta patentni buzganligi aniqlangan — gap telefon korpusi burchaklarining yoysimonga aylantirilishi, old panel g‘ilofi va ekrandagi dasturlar belgisi savati haqida ketmoqda. Bundan tashqari, «Samsung» qurilma ishlash prinsipini himoya qiluvchi ikkita patentni buzishda ayblandi.

«Samsung» advokati Jon Kvinning ma’lum qilishicha, sudning ushbu qarori «yetarlicha dalillar bilan asoslanmagan» va kompaniya uning qarori ustidan shikoyat qiladi.

«Apple» esa boshqacha fikrda. «Biz dizaynimiz qiymatiga ishonamiz va mijozlarimiz zavqlanadigan innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun jamoalarimiz doimo ishlamoqda», — deydi Amerika korporatsiyasi.

Ikki kompaniya o‘rtasidagi sud mojarosi 2011-yilda boshlangan. O‘tgan yilning noyabrida AQSh Oliy sudi ham «Apple» yonini olgan. Janubiy Koreya kompaniyasi «iPhone»ning mashhur bir nechta funksiyasini buzishda aybdor deb topilgandi. «Samsung»ga 119,6 million dollar jarima to‘lash majburiyati qo‘yilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring