Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabzdagi qishloq 10 kunga «dunyodan uzilgan». Bu hududda 2 metr qalinlikda qor yog‘di

Shahrisabzdagi qishloq 10 kunga «dunyodan uzilgan». Bu hududda 2 metr qalinlikda qor yog‘di

Foto: «Daryo»

Shahrisabz tumanidagi Ko‘l qishlog‘iga joriy yilning 6-yanvar kuni qalin qor tushgan. Balki ishonmassiz — 2 metr. Oqibatda, yo‘l yopilib qishloq ahli tashqi dunyodan 10 kunga butunlay uzilib qolgan, deyiladi «Daryo» xabarida.

«Bu darajadagi qalin qor 2016-yil yoqqan edi, — deydi Ko‘l qishloq vrachlik punkti mudiri Abdumalik Safarov. — O‘shandan beri bunday yo‘l yopilib qolish holati bo‘lmagandi. Bu yilgi qor esa juda qalin yog‘di. Ba’zi hududlarda 2 metrdan ham oshdi».

Foto: «Daryo»

Ma’lum bo‘lishicha, qishloqdan tuman markaziga olib tushuvchi yo‘llarni qor bosgan. Qorni tozalash maqsadida qishloq aholisidan iborat 30—40 kishilik jamoa 9 kun mehnat qilgan.

«Yo‘lni tozalashga 9 kun vaqtimiz ketdi. Shu vaqt mobaynida qishloqdoshlar tinimsiz mehnat qilishdi. Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbari Alimardon Qurbonov ham har daqiqada qo‘ng‘iroq qilib vaziyatdan xabardor bo‘lib turdi», degan Ko‘l mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ismoil Boboyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring