Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.
Davlat rahbari joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun, 19-yanvar kuni Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Eslatib o‘tish kerak, Prezident 2017-yil 10-11-fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ko‘plab istiqbolli loyihalar bilan tanishgan va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan zarur topshiriqlar bergan edi.
Ma’lumot uchun: Surxondaryo viloyati 1941-yil 6-martda tashkil topgan. Aholisi soni 2 million 500 ming. Umumiy yer maydoni 20,1 ming kvadrat kilometr. Viloyatda 280,8 ming gektar ekin maydoni mavjud. Shundan sug‘oriladigan yerlar – 240,9 ming gektar. Viloyat markazi – Termiz shahri. Viloyatdagi 13 ta tumanning har biri o‘ziga xos salohiyatga ega. 24 yirik sanoat korxonasi, 60 qo‘shma korxona, 11 mingdan ziyod kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yekti faoliyat yuritmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter