Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sirdaryo tajribasi». Shuhrat Sodiqov viloyatda AKT rivoji bilan tanishdi

«Sirdaryo tajribasi». Shuhrat Sodiqov viloyatda AKT rivoji bilan tanishdi

Foto: «Mitc.uz»

15-16-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Sirdaryo viloyatida bo‘ldi. Bu haqda AKT vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur viloyatga safar doirasida vazir Mirzaobod va Guliston tumanlari telekommunikatsiya bog‘lamalari va tuman pochta aloqa bog‘lamalari, Toshkent radiotelevizon uzatish markazining «Guliston» radiotelevizion stansiyasi faoliyatini yaqindan o‘rgandi. Ushbu tumandagi «Zarbdor» QFY «Ishonch» massivida qurilgan namunali uy-joylarga GPON texnologiyasi hamda Guliston shahridagi «Buyuk kelajak» massivida qurilgan ko‘p qavatli uylarga FTTb texnologiyasi asosida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga e’tibor qaratdi.

Foto: «Mitc.uz»

Vazir Shuhrat Sodiqov uchrashuvlar davomida hududlarda sohani jadal rivojlantirish, joylarda yechimini kutayotgan masalalarni birgalikda hal qilishda mutasaddi rahbarlar va xodimlarning o‘z vazifasiga mas’uliyat, fidoiylik va tashabbuskorlik bilan yondashishlari zarurligini ta’kidladi.

Sirdaryo viloyatida «Raqamli texnologiyalar va IT-tadbirkorlik o‘quv markazlari»ni tashkil etish loyihasi doirasida, avvalo, viloyatning telekommunikatsiya infratuzilmasini tubdan rivojlantirish, ushbu maqsadlar uchun 2019-yil davomida umumiy qiymati 45,4 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgani vazir tomonidan alohida e’tirof etildi.

Vazir viloyatning bir qator tumanlari telekommunikatsiya bog‘lamalarida mavjud keng polosali texnologiya asosidagi qurilmalardan foydalanish darajasini oshirish, marketing va tijorat siyosatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sohada kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarini bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.

Foto: «Mitc.uz»

Vazirlik rahbari uzoq yillar davomida soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh soha xodimlarini vazirlikning tashakkurnomasi bilan taqdirladi hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring