Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIV Janubiy Koreyada komaga tushgan o‘zbekistonlik yuzasidan axborot berdi

TIV Janubiy Koreyada komaga tushgan o‘zbekistonlik yuzasidan axborot berdi

Foto:«Izvestiya»

Internet tarmog‘ida O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilov Koreya Respublikasining klinikalaridan birida og‘ir ahvolga tushgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur masalaga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi, TIV Konsullik-huquqiy departamenti munosabat bildirdi.

Xabarga ko‘ra, bemor yurtimizning Seul shahridagi elchixonasi doimiy nazoratiga olingan.

Abram Oqilov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali 2017-yilning noyabrida Janubiy Koreyaga kelgan va o‘tgan yilning yozida komaga tushib shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, u yerda hozirga qadar malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Qayd etilishicha, davolash tadbirlari doirasida shifoxona tomonidan O‘zbekistondan Oqilovning akasi Azizjon taklif qilingan va unga bemor bilan bir palatada qolish ruxsati berilgan.

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda huquqni himoya qilish organlari tomonidan Abram Oqilov ishlagan kompaniyaga nisbatan ishchi mehnati muhofazasini ta’minlash qoidalariga rioya qilinganligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Elchixonaning konsullik xodimlari mavjud muammolarni zudlik bilan hal qilish maqsadida vatandoshimiz davolanayotgan joyga bir necha bor tashrif buyurdilar va doimiy aloqada bo‘lib turibdilar.

TIV xabariga ko‘ra Janubiy Koreya idoralari tomonidan klinikaning tibbiy xodimlari shikoyati asosida noqonuniy xatti-harakatlari qayd etilgan bemorning akasiga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring