Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent avtovokzalida «O‘zmobayl» zamonaviy xizmatlar ko‘rsatadi

Toshkent avtovokzalida «O‘zmobayl» zamonaviy xizmatlar ko‘rsatadi

Foto: «Uztelecom.uz»

Yaqin kunlarda poytaxtimiz, umuman O‘zbekiston uchun ham juda muhim loyiha — Toshkent avtovokzali ochiladi.

Yangi avtovokzal O‘zbekiston poytaxti va o‘nlab shaharlarni tutashtiradi. Ikki qavatli avtovokzal eng yangi texnologiyalar bilan ta’minlangan, xalqaro standartlar asosida ishlaydi, sayyohlarning barcha ehtiyojlarini qondirishga qodir. Avtovokzal hududida bir nechta do‘kon, milliy sovg‘alar do‘konlari, bankomatlar, shuningdek, «UZMOBILE» abonentlariga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy ofislar ishga tushirildi.

«O‘zbektelekom» AK «O‘zmobayl» filialining bu yerdagi yangi ofisi barcha mijozlarga —respublikamiz aholisiga ham, chet ellik sayyohlar uchun ham tezkor, sifatli va  professional xizmat ko‘rsatish uchun zarur uskuna va qurilmalar bilan jihozlangan.

Yuqori malakali xodimlar, zamonaviy ofis, qulay sharoitlar — bularning hammasi avtovokzal foydalanuvchilari uchun ko‘ngildagidek  xizmat ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring